🔤 Otin buvi
Bolangiz alifboni o‘yin o‘ynab, ovoz chiqarib o‘rgansin — Otin buvi har bir harfni tinglab, baholab, maqtab boradi.
Ilova haqida
«Otin buvi» — 1-sinf o‘quvchilariga o‘zbek alifbosini o‘yin orqali o‘rgatuvchi Android ilovasi. Harflar va 124 ta rasm amaldagi «Alifbe» darsligi tartibida berilgan, shuning uchun bola sinfda ko‘rgan so‘zlarni uyda xuddi shu ketma-ketlikda takrorlaydi. Bola sharqona barabanni aylantiradi, Otin buvi harf yoki so‘zni aytib «Men bilan qaytar!» deydi, bola aytadi — ilova talaffuzni telefonning o‘zida, internetsiz baholaydi. Natijalar o‘qituvchining Google jadvaliga avtomatik yuboriladi.
Imkoniyatlar
- 30 harf darslik tartibida, 6 guruhga bo‘lingan; darslikning 124 ta rasmi bo‘g‘inlari bilan
- O‘zbekcha nutqni tanish (Vosk) — internetsiz, ovoz telefondan tashqariga chiqmaydi
- Barmoq bilan harf yozish (treking) va 0–3 yulduz bilan baholash
- Moslashuvchan takrorlash: bola ko‘p adashgan harf va so‘zlar ko‘proq chiqadi
- O‘qituvchi monitoringi: natijalar QR kod orqali ulangan Google jadvalga tushadi
- «Ibratli ayollar»: Nodirabegim, Uvaysiy, Anbar otin haqida bolabop hikoyalar
O‘yin ssenariysi
- 1-fasl «Harflar bilan tanishuv» — eshit va qaytar
- 2-fasl «Raqamlar olami» — 1 dan 100 gacha sonlar
- 3-fasl «So‘z va bo‘g‘inlar» — bo‘g‘inlab eshitib, so‘zni aytish
- 4-fasl «Yozib ko‘r» — rasmga qarab so‘zni harf taxtachalaridan yig‘ish
🏆 Natija
6 ta o‘zbek va xalqaro analog (Duolingo ABC, Khan Academy Kids, Lingokids va boshq.) bilan 12 mezon bo‘yicha qiyosiy tahlilda 60 balldan 50 ball — 1-o‘rin.
Kimlar uchun
1-sinf (6–7 yosh) o‘quvchilari, ularning ota-onalari va o‘qituvchilari. Fan: Savod o‘rgatish · Alifbo.
Ekranlar

O‘rnatish
- otin-buvi.apk faylini yuklab oling.
- Faylni oching, kerak bo‘lsa «Noma'lum manbalar»ga ruxsat bering.
- «O‘rnatish»ni bosing. APK papkasi: GitHub.
Kalit so‘zlar
Uzbek alphabet and literacy game for first-graders with offline speech recognition.
Boshqa ilovalar
Donish bobo
Qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish — sehrli baraban va dono Donish bobo bilan o‘yin kabi qiziqarli.
Bayon AI
Bola ertakni ovoz chiqarib o‘qiydi — sun'iy intellekt har bir so‘zni jonli baholaydi, xatolarni birga bo‘g‘inlab tuzatadi.
Tilbilgich En AI
Ingliz tilini Tuti to‘tiqush bilan o‘rganing: alifbo, so‘zlar, o‘qish va gapirish — barcha ko‘rsatmalar o‘zbek tilida.